Angliya Premer-ligasi jamoalari futbolchilari va xodimlarida koronavirus bilan bog`liq holat ko`paymoqda. Bu haqda The Sun xabar berdi.
Qayd etilishicha, oxirgi bir hafta davomida 90 kishida koronavirus holati aniqlandi.
Aniqlanishicha, Premer-liga vakillari 12 345 ta test o`tkazishgan va undan 90 tasi ijobiy natija bergan.
Natijada, "Tottenhem", "Byornli" va "Aston Villa" ishtirokidagi uchrashuvlar noma`lum muddatga qoldirilgan edi.