AsosiyDunyo

Evropada gaz narxi tarixda birinchi marotaba 2000 dollardan oshdi

'Evropada gaz narxi tarixda birinchi marotaba 2000 dollardan oshdi'ning rasmi

Evropada gazning narxi tarixda birinchi marotaba bir kub metr uchun 2 ming dollardan oshdi. Bu haqda "Gazprom" xabar berdi.

Qayd etilishicha, 21 dekabrdagi savdolar vaqtida gaz bir kun avvalgiga nisbatan 17,1 foizga qimmatlagan va bir kubmetr uchun 2050 dollarga etgan. 

Seshanba kungi savdolar vaqtida gaz narxi 1800 dollarga qadar ko`tarilgan. Keyinchalik narxlar pasayishni boshlagan. Undan keyingi savdolar vaqtida bir kubmetr uchun 2050 dollarga qadar ko`tarilgan. 

2022 yilda narxlar 3 ming dollarga qadar ko`tarilishi taxmin qilinmoqda. Bundan Evropada faoliyat yuritadigan kompaniyalar xavotirga tushishgan. 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar