1

O`zbek kinosining eng qimmat filmi premeraga tayyor. Filmning yaralishiga ishonishmagandi! (FOTO)

Shou-biznes 06.05.2016, 14:46
Teglar: Kino, Film, Taqdimot
O`zbek kinosining eng qimmat filmi premeraga tayyor. Filmning yaralishiga ishonishmagandi! (FOTO)

O`zbek kinosida tub burulish yasashni maqsad qilgan rejissyor Akbar Bekturdiev o`zbek kino tarixidagi eng qimmat filmni suratga oldi. 

Bungacha Rustam Sa`dievning katta shov-shuvlarga sabab bo`lgan «Baron» filmi 1,5 mlrd so`mlik mablag`ga suratga olingan edi. «Oyqiz ertagi» esa «Baron»dan 100 mlnga qimmat, ya`ni film byudjeti 1,6 mlrd so`mni tashkil qildi. 

Shunday qilib, “O`zbekkino” Milliy agentligi so`nggi yillarda Markaziy Osiyoda ilk bora tarixiy ertak janriga qo`l urib, “Oyqiz ertagi” nomli filmni suratga olganligini e`lon qildi. 

Yosh kinorejissyor Akbar Berturdievga ishonib topshirilgan mazkur kartina sanoqlik kunlarda katta ekranlarga chiqish arafasida. 

Akbar Bekturdievning bu galgi filmi bilan uning nomi nafaqat tan olinganlar qatoriga qo`yiladi balki tarixda ham qolishi mumkin. 

“Ssenariyni yozib, badiiy kengashga topshirganimizda shu filmni “O`zbekfilm”da yaratish mumkinmi, o`zingni ko`zing etyaptimi, yana bir o`ylab ko`rasanmi, degan savollar ham bo`ldi. Oldimizda ikkita yo`l bor edi yoki haqiqattan ham shu ishni juda ajoyib qilish kerak yoki umuman qilmaslik kerak. O`sha vaqtda ya`ni ssenariyni topshirgan vaqtimizda o`zimizga ishonchimiz baland bo`lgani uchun fikrimizdan qaytmadik”, – deydi film rejissyori Akbar Bekturdiev.

Haqli savol tug`iladi nima uchun filmga shuncha mablag` sarflandi. Bunga esa rejissyorning javobi quyidagicha bo`ldi:

“Maishiy hayotimiz haqida film suratga olsak ham bir aktyorning libosi uchun ancha mablag` sarflanadi. Bu filmda esa yuzlab aktyorlar uchun maxsus tarixiy liboslar tayyorlandi. Bu kiyimlar ularning obrazi, xarakteri, tipajidan kelib chiqilib yaratildi, hattoki qurolining sopigacha o`ylandi. Bu uchun juda katta mablag`, vaqt kerak bo`ldi. Film tayyorgarlik jarayoni, dekorasiyalar qurish, filmdagi maxsus efektlar va montaj jarayoni ham yaxshigina vaqt va mablag`ni talab qildi. Bundan tashqari ushbu filmni eng so`nggi texnikalar bilan yuqori darajada ishlashga erishdik. Filmni 4K formatda suratga oldik, Dolby Surround 5.1. formatiga moslab ovozlashtirdik, juda ko`p sahnalarda maxsus effektlardan foydalandik.Film fentezi janrida bo`lib,unda sevgi-muhabbat, yovuzlik va adolat kabi mavzular ochib berilgan.”

Filmdagi voqealar Sarang malikasi Oyqiz tomonidan hikoya qilinadi. Rejissyor ushbu filmga dastavval “Cho`l malikasi” deya nom qo`yishni o`ylaydi, ammo keyinchalik uning fikri “Oyqiz ertagi”da to`xtaydi.

Filmda aktyorlar Yigitali Mamajonov, Yulduz Rajabova, Alixan, Ma`ruf Otajonov, Dilbar Ikromova, Hayrulla Sa`diev, Feruza Sobitova va boshqalar ishtirok qilgan.

Film 3 yil mobaynida 1000 ga yaqin insonlar mehnati bilan yaratilgan.

Sharhlar

Ayni damda “Kinochilar uyi”da “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti boshlanish arafasida

22.12.2021, 17:56

Bugun, 22 dekabr kuni Kinochilar uyida O`zbekiston Kinematografiya agentligi, O`zbekiston Kinoarboblari ijodiy uyushmasi tomonidan an`anaviy “Oltin Humo” milliy kinotaqdimoti bo`lib o`tadi. Bu haqda "Darakchi.uz" muxbiri...
DXXning 30 yilligiga bag`ishlab telekanallarda yangi film namoyish etiladi

26.09.2021, 14:30

Avvalroq bugun DXX xodimlarining 30 yillik tantanasi ekani haqida xabar bergan edik. Kinomotografiya agentligining qayd etishicha, sana munosabati bilan yangi "Mustahkam" filmi ishlab chiqilgan. Ma`lumotga ko`ra, mazkur...
"Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi

16.09.2021, 10:26

Kuni kecha adiblar xiyobonida O`zbekiston xalq shoiri Aleksandr Faynberg haqidagi "Qalbi o`zbek rus shoiri" hujjatli filmi premera qilindi. Kinokartina Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal...
“Soddadil” filmining s`yomka jarayonlari boshlandi

16.08.2021, 17:46

Kinematografiya agentligi “Yoshlik” kinostudiyasi tomonidan “Debyut start-2021” kinofestivalida g`olib bo`lgan ssenariy loyihalari asosida “Soddadil” qisqa metrajli filmining s`yomka jarayonlari boshlandi.Bu haqda kinemotografiya agentligi axborot xizmati...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1