AsosiyJamiyat

Shofirkon tumaniga yangi hokimi tayinlandi

'Shofirkon tumaniga yangi hokimi tayinlandi'ning rasmi

Xalq deputatlari Buxoro viloyati Shofirkon tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo`lib o`tdi.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov qatnashgan sessiyada tashkiliy masala ko`rildi.

Shofirkon tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Shukurullo Xayrullaevich Hakimov boshqa ishga o`tishi munosabati bilan o`z arizasiga ko`ra lavozimidan ozod etildi.

Sessiyada Shofirkon tumani hokimi lavozimiga Jamshid Fazliddinovich Sharopovning nomzodi xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari tomonidan bir ovozdan ma`qullandi.

Sharopov Jamshid Fazliddinovich 1984 yilda G`ijduvon tumanida tug`ilgan. 2005 yilda Buxoro davlat universitetini hamda 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini bitirgan. Mutaxassisiligi — iqtisodchi.

U ayni vaqtga qadar Markaziy bank viloyat bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimida ishlab kelayotgan edi. 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar