Kitob 1952 yilda Germaniyadagi Gutenberg muzeyi tomonidan nashr etilgan bir necha yuz nusxalardan biri hisoblanadi.
Qayd etilishicha, undagi matnlarni faqat va faqat lupa bilan o`qish mumkin.
Ushbu g`ayrioddiy kitob Bryusseldagi Arenberg ausionida sotilgan. "The Guardian" ga tayanib Zamon.uz' nashrining yozishicha, uning narxi 3500 evroni tashkil qilgan.
Kitobning hajmi beshga besh millimetrni tashkil qiladi. Bu qalamning o`tkir uchidan kichikroq. Avvaliga teri bilan qoplangan kitob bir yarim ming evrogacha sotilishi rejalashtirishgan, biroq kimoshdi savdosi paytida anonim xaridor narxni ikki baravarga oshirgan.
Matn shunchalik kichikki, uni oddiy ko`z bilan o`qib bo`lmaydi. Auksioner Anri Godtning so`zlariga ko`ra, kuchli lupa kerak bo`ladi. Kitob 1952 yilda Germaniyadagi Gutenberg muzeyi tomonidan nashr etilgan bir necha yuz nusxalardan biridir.






