FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining xabar qilishicha, O`zbekiston hududida mahalliy vaqt bilan bugun, 23 dekabo kuni soat 12:21 da (23.12.2021 yil, Grinvich bo`yicha 07:21 da) zilzila sodir bo`ldi.
Episentr: Farg`ona viloyati, Rishton tumani.
Zilzila koordinatalari: 40,36 gradus shimoliy kenglik; 71,22 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=3,1. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 196 km janubiy-sharqda ekani qayd etildi.
Eslatib o`tamiz, Farg`onada bugun tongda ham, shuningdek, 21 dekabr kuni ham er silkinishi qayd etilgan edi.






