Xitoyning Dexun-Day-Kachin avtnom okrugida yashovchi fermer tomonidan qutqarilgan “kuchukcha” ayiq bolasi ekanligi ma`lum bo`ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Ismi ma`lum qilinmagan xitoylik fermer bundan bir necha hafta ilgari ko`chadan kunmin ovcharkasining bolasi deb o`ylab, “kuchukcha”ni uyiga olib kelgan. Bechora “kuchukcha”ning ahvoli og`ir, ochlikdan sillasi qurib qolgandi. U “kuchukcha”ni parvarish qila boshladi va shunda uning oldingi panjalari orqasidagiga qaraganda uzunligini, bundan tashqari dumi yo`qligini sezdi. Fermer mutaxassislarga murojaat qilganda, u “kuchukcha” emas, Himolay ayig`ini boqayotganligi ma`lum bo`lgan. Ularning fikricha, ayiqcha adashib qolgan.
Mahalliy amaldorlarning aytishicha, agar fermer ayiqchani topib olmaganda, uni o`ldirishlari yoki yashirincha boqib parvarish qilishlari mumkin edi. Ayiqcha hozirgi kunda hayvonlar saqlanadigan maxsus muassasada saqlanmoqda. Agar u mustaqil yashashni o`rgana olsa, yovvoyi tabiat bag`riga qo`yib yuboriladi.