AsosiyDunyo

Shri-Lanka Eronga qarzini o`rniga choy taklif qildi

'Shri-Lanka Eronga qarzini o`rniga choy taklif qildi'ning rasmi

Shri-Lanka hukumati Eronga qarzi uchun choy taklif qildi, deya xabar bermoqda BBC News plantasiyalar vaziri Ramesh Pathiranga tayanib.

Shri-Lanka hukumati sotib olingan neft uchun Eronga naqd 251 mln dollar qarzdor. Biroq xalqaro sanksiyalar sababli bu to`lovlarni amalga oshira olmaydi. Boisi, Eron banklariga sanksiyalar tufayli pul o`tkazishning iloji yo`q. Bu turizm sohasida jiddiy inqirozni boshidan o`tkazib, valyuta qiyinchiliklariga duch kelayotgan Shri-Lanka hukumati uchun ayni muddao, boisi, choy BMTning birinchi ehtiyoj mahsulotlari toifasiga kiradi va u Eronga nisbatan qo`llanilgan sanksiyalar qatoridan joy olmagan.  

Ma`lumot o`rnida aytish kerak, yiliga 340 mln kgga yaqin choy ishlab chiqaradigan Shri-Lanka hukumati Eronga har oyda 5 mln dollarlik choy etkazib bermoqchi.

    Boshqa yangiliklar