Bryusseldagi Arenberg ausionida dunyodagi eng kichik kitob sotildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Ma`lum qilinishicha, kitobning narxi 3500 evroni tashkil qilgan. Mazkur kitob 1952 yilda Germaniyadagi Gutenberg muzeyi tomonidan nashr etilgan.
Aytish kerakki, ushbu kitob shunchalik kichikligidan uni oddiy ko`z bilan o`qib bo`lmaydi. Lupa orqali kitobni o`qish imkoniyati bo`ladi.
Aslida kitobning narxi bir yarim ming evroga sotilishi ko`zda tutilgan. Keyinchalik auksionda narx ko`tarilgan.