Respublika partiyachilari tomonidan AQSh prezidentligiga nomzodini qo`ygan Donald Tramp prezident saylovlaridan keyin ayni kunlarda yopilgan Trump University talabalari tomonidan unga nisbatan yozilgan da`vo arizasi bo`yicha sud jarayonida qatnashadi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Donald Trampga qarashli Trump University mazkur universitetda ta`lim olgan bir qancha talabalarni 35 ming dollarga aldagan. Bu mablag` ko`chmas mulk bo`yicha o`tkazilishi lozim bo`lgan seminar uchun to`langan, ammo loyiha shunchaki piar uchun o`ylab topilgani ma`lum bo`lgan.
San-Diego federal sudyasi sud kunini 2016 yil 28 noyabr kuniga belgiladi. Bu paytda Tramp AQSh prezidenti lavozimida ish boshlashi ham ehtimoldan xoli emas.
Milliarderning advokati Daniel Petrochelli Tramp sudda aybdor emas, balki guvoh sifatida qatnashishini, bundan tashqari u bundan olti yil ilgari bo`lib o`tgan voqealarni endi muhokama etishdan naf yo`qligini, chunki Donald Tramp prezidentlikka nomzodini qo`yganligini ham aytib o`tdi.