Hukumatning 2021 yil 23 dekabrdagi 768-conli qarori bilan Jamshid Baxtiyorovich Xodjaev O`zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining o`rinbosari etib tayinlandi.
Bu haqda Adliya vazirligining "Huquqiy axborot" telegram kanalida ma`lum qilinmoqda.
Ma`lumotlarga ko`ra, o`rinbosar sifatida faoliyatini yuritgan Farruh Farxodjonovich Omonov esa boshqa ishga o`tishi munosabati bilan ushbu lavozimdan ozod qilingan.






