Mamlakatda faoliyat yuritish istagida bo`lganlarga muhim yangilik.
Rossiya Federasiyasining PIK-Industriya, Klinskiy stroitelny kombinat salohiyatli ish beruvchilari tomonidan Kaluga, Tula, Moskva viloyatlarida O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun qurulish sohasining ko`plab yo`nalishlari bo`yicha bo`sh ish o`rinlari taklif qilinmoqda. Bu haqda Tashqi Mehnat migrasiyasi agentligi xabar bermoqda
Ma`lumot uchun, fuqarolar nomiga Rossiya Federasiyasida ishlash huquqini beruvchi patent O`zbekistonda rasmiylashtiriladi.
Nomzodlar uchun xorijga chiqish pasportini tezlashtirilgan tartibda tayyorlab berish ta`minlanadi.
Oylik maosh ish hajmiga qarab, 40 ming rubldan boshlanadi.
Bo`sh ish o`rinlari bo`yicha tanlov o`tkaziladigan sana va hudud:
24 dekabr soat 11:00 da:
- Sirdaryo viloyati
Guliston sh., Xondamir ko`ch., 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi.
Aloqa uchun: 67 225-55-59.






