Kecha O`zbekistonda 165 nafar kishida koronavirus infeksiyasi aniqlanib, 4 nafar bemor vafot etdi.
SSVning ma`lumotiga ko`ra, 2021 yil 23 dekabr holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 197918 (+165) nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlarining:
- 15 nafari Andijon viloyatida,
- 8 nafari Buxoro viloyatida,
- 4 nafari Jizzax viloyatida,
- 11 nafari Qashqadaryo viloyatida,
- 5 nafari Namangan viloyatida,
- 17 nafari Samarqand viloyatida,
- 3 nafari Sirdaryo viloyatida,
- 8 nafari Farg`ona viloyatida,
- 12 nafari Xorazm viloyatida,
- 28 nafari Toshkent viloyatida,
- 54 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Shuningdek, 4 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 1475 nafarni tashkil qilmoqda






