AsosiyJamiyat

"Sovuq antisiklon kirib kelmoqda..." "O`zgidromet" dam olish kunlari qaerda, qanday ob-havo bo`lishi haqida xabar qildi

'"Sovuq antisiklon kirib kelmoqda..." "O`zgidromet" dam olish kunlari qaerda, qanday ob-havo bo`lishi haqida xabar qildi'ning rasmi

O`zbekiston Gidrometeorlogiya xizmati xabariga ko`ra, bugun respublika hududining katta qismida iliq va quruq ob-havo bo`lishi kutilmoqda. Havo harorati 8-13° iliqni tashkil etadi. Respublikaning shimoliy hududlariga sovuq antisiklon kirib kelishi boshlanadi, bu hududlarning ba`zi joylarida qor yog`adi, shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin, harorat kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan yuqori bo`lmaydi.

Ertaga respublikaning barcha hududlariga antisiklon kirib keladi, Qoraqalpog`istonda, Xorazm viloyatida ba`zi joylarda qor yog`adi, Buxoro, Navoiy viloyatlarida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi, qorga aylanishi mumkin, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba`zi joylarda yomg`ir yog`adi. Faqat Surxondaryo, Andijon, Namangan, Farg`ona viloyatlarida yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarda shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi 0-5° iliqni, kunduzi 5-10° iliqni, shimolda kechasi 3-8° sovuqni, kunduzi 0-5° sovuqni tashkil etadi.

Yakshanba kuni mamlakatimizning barcha hududlarida yog`ingarchilik (yomg`ir qorga aylanadi) bo`ladi, shimolda yog`ingarchilik to`xtaydi. Harorat kechasi va kunduzi 2° sovuq-3° iliqni, shimolda kechasi 9-14° sovuqni, kunduzi 0-5° sovuqni tashkil etadi.

Dushunba kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik bo`lishi ehtimoli kam, kechasi harorat 3-8° sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2° sovuq-3° iliqdan yuqori bo`lmaydi, ushbu kun uchun bo`lgan ko`p yillik qiymatlardan 5-7° ga kamdir.

Shu kunlarda respublika bo`yicha ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar