Xizmatlar sohasini yanada rivojlantirish maqsadida Chirchiq daryosining shahardan oqib o`tuvchi 16 km qismida daryo o`zanini 50metrgacha qisqartirish va obodonlashtirish hisobiga, 306gektar er maydoni ochiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo`jaevning 2021 yil yakunlari va 2022 yilda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish rejalari haqidagi murojaatida qayd etilgan.
Ushbu yangi o`zlashtiriladigan erda rekreasion zona, piyoda yo`laklari, savdo, xizmat ko`rsatish shahobchalari, ishlab chiqarish va turar joy majmualarini qamrab olgan “Daryo bo`yi” majmuasini barpo etish rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha 4 bosqichda amalga oshirilib, bugungi kunda uning 1-bosqichi jadal sur`atlarda olib borilmoqda.
"Yangi qo`shilgan hududdagi mavjud qishloq xo`jaligi erlaridan samarali foydalanish, shahrimiz aholisini sifatli, arzon qishloq xo`jaligi mahsulotlari bilan ta`minlash maqsadida zamonaviy meva-sabzavotchilik kompleksi tashkil etishni ham rejalashtirganmiz", - deydi Toshkent shahar hokimi.






