Ruminiya chempionatining navbatdagi turida fojia yuz berdi. “Vitorul”ga qarshi o`yinda poytaxtning “Dinamo” klubi a`zosi, kamerunlik Patrik Ekeng maydonda jon berdi.
Zaxiradan maydonga tushgan futbolchi 7 daqiqadan so`ng hushini yo`qotdi. Shifokorlar unga tez tibbiy yordam ko`rsatdi, ammo uning jonini saqlab qolishning imkoni bo`lmadi.
26 yoshli futbolchi yurak xurujidan vafot etgani ma`lum bo`ldi. Shifokorlar ikki daqiqaga uning yurak urish faoliyatini tiklashdi, biroq shifoxonada 1,5 soat davomida o`ziga kelmadi.