Prezidentning 2021 yil 20 dekabrdagi "2022 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo`shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko`chirish to`g`risida"gi PF-35-sonli Farmoniga muvofiq mamlakatimizda ichki yo`nalishlardagi yo`lovchi poezdlari tarifidan kiritilgan chegirmalar to`g`risidagi e`lon talabalar tomonidan savollar kelib tushmoqda. Shu munosabat bilan O`zbekiston temir yo`llari AJ bu bo`yicha izoh berdi.
Ta`kidlanishicha, O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta-maxsus ta`lim muassasalari talabalari uchun imtiyozlar O`zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-517-sonli 1992 yil 22 dekabrdagi “O`zbekiston Respublikasi o`quvchilari va talabalarining yillik qishki ta`tillari to`g`risida”gi qaroriga muvofiq har yili 28 dekabrdan 10 yanvarga qadar belgilanadi. Mazkur xujjatda qayd etilishicha, qishki ta`til davrida kunduzgi bo`limlarning talabalari va o`quvchilariga yo`l haqi 50 foizli chegirma bilan sotiladi.
Shu kunlarda e`lon qilingan, ya`ni 2021 yil 31 dekabrdan 2022 yil 4 yanvargacha bo`lgan davrdagiga chiptaning tarif qismidan – 15 foizli chegirma O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta-maxsus ta`lim muassasalarining qolgan boshqa ta`lim bo`limlari (sirtqi, kechki va magistratura) talaba va o`quvchilariga nisbatan qo`llaniladi.
ESLATMA: Imtiyozli bo`lgan chiptalarni faqat temiryo`l kassalarida xarid qilishingiz mumkin. Elektron chiptalarda belgilangan chegirmalar rasmiylashtirilmaydi. Qo`shimcha ma`lumotlarni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yo`la kassalari hamda ma`lumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.






