AsosiyDunyo

Tiz cho`kkan Gitler haykali 17,2 million dollarga sotildi

Adolf Gitlerning tiz cho`kib o`tirgan haykali Nyu-York auksionida 17,2 million dollarga sotildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Italiyalik haykaltarosh Maurisio Kattelan san`at asarini 2001 yilda yaratgan. Ammo bu haykalni yaratgandan keyin, sindirib tashlamoqchi bo`lgan. “Uni buzib tashlashni ko`p o`yladim”, deb so`zlaydi haykaltarosh.  

Haykal “U” deb ataladi, unda tiz cho`kib o`tirgan Gitlerning bo`yi yosh bolaning bo`yiday qilib, egniga kulrang kostyum kiygan holda tasvirlangan. 

Auksion Christie's tadbiri doirasida o`tkazilgan. Auksion uyi raisi muovinining ma`lumot berishicha, rejissyorlar faqat kinofilmlardagina Gitler obrazini yaratishgan, biroq shu paytgacha tasviriy san`at va haykaltaroshlikda u haqda hech qanday san`at asari yaratilmagan.

    Boshqa yangiliklar