AsosiyJamiyat

O`zbekistonda xodimlarning mehnat ta`tili kunlari ko`paytirilmoqda

'O`zbekistonda xodimlarning mehnat ta`tili kunlari ko`paytirilmoqda'ning rasmi

 Oliy Majlis Senatining Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo`mitasining ekspertlar guruhi O`zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ko`rib chiqdi. Bu haqda Senat Matbuot xizmati xabar qildi. 

Muhokamalarda 1995 yilda qabul qilingan amaldagi Mehnat kodeksi tahriri zamonaviy voqelikka mos kelmasligi va fuqarolarni mehnat faoliyatiga jalb qilishning yangi, turli xil shakllarining faol rivojlanishini hisobga olmasligi, shuningdek, ish beruvchilar, xususan, qo`shimcha ishchilarni mehnatga jalb qilishning sodda shakllarini tanlashga imkon beradigan moslashuvchan ish rejimlaridan keng foydalanish uchun etarli shart-sharoitlarni yaratmasligi ta`kidlandi.

Senatorlar tomonidan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksini ishlab chiqishda xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar jumladan, Germaniya, Shvesiya, Norvegiya, Buyuk Britaniya, Latviya, Estoniya, Yaponiya, Koreya Respublikasi hamda MDH davlatlari tajribasi chuqur o`rganilgani qayd etildi.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining maxsus qismi mehnat huquqining ayrim institutlariga bag`ishlangan va bandlik, individual mehnat munosabatlari, xodimlarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, ayrim toifadagi xodimlar mehnatini tartibga solish xususiyatlari, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat nizolarini ko`rib chiqish kabi yangi normalarni o`z ichiga olgan.

Shuningdek hujjat bilan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga avvalgi tartibdagidek 24 kadendar kuni emas balki yigirma etti kalendar kun yillik uzaytirilgan ta`til berilishi belgilanmoqda.

Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksining qabul qilinishi xodimlar va ish beruvchilar manfaatlari muvozanatini ta`minlash, ularning ijtimoiy hamkorlikka jalb qilinishi ortishi, mehnat faoliyatiga jalb qilishning yangi shakllarini faol rivojlantirish, Mehnat kodeksi qoidalarini xalqaro huquq normalari, jumladan O`zbekiston Respublikasi tomonidan ratifikasiya qilingan xalqaro shartnomalarga moslashtirishga xizmat qilishi ta`kidlandi.

 

    Boshqa yangiliklar