"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh tez orada klub bilan yangi shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda ESPN xabar berdi.
Ma`lum bo`lishicha, "qizillar" allaqachon Salohga o`z taklifini berib bo`lgan. Ya`ni, futbolchi yangi shartnomasiga ko`ra, klubda haftasiga 500 ming funt maosh oladi. Tomonlar kelishuvga erishsa, misrlik futbolchi APLda eng ko`p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.
Eslatib o`tamiz, hozirda APLda eng ko`p maosh "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduga tegishli.