AsosiyJamiyat

Sho`rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvati 3 barobarga oshiriladi

'Sho`rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvati 3 barobarga oshiriladi'ning rasmi

Prezidentimiz Sho`rtan gaz-kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatlarini 3 barobarga kengaytirish bo`yicha yana bir yangi majmua qurilishi ta`kidladi.

Yangi quriladigan ushbu korxonada GTL zavodida ishlab chiqariladigan 430 ming tonna naftani qayta ishlash hisobiga, yiliga 380 ming tonna polietilen va polipropilen tayyorlanadi. Yana mingga yaqin yangi ish o`rinlari yaratiladi.

Natijada qo`shimcha 550 million dollarlik mahsulot ishlab chiqariladi.

O`z navbatida, ana shu mahsulotlarni yanada chuqur qayta ishlash orqali, 2 barobargacha ko`p iste`mol mahsulotlari ishlab chiqarish mumkin bo`ladi.

Ushbu yangi loyihaning qiymati 1,8 milliard dollarga teng.

Ana shu ikkita yangi zavod hisobidan Sho`rtan majmuasida respublikamizning birinchi yirik gaz-kimyo klasteriga asos solinadi.

    Boshqa yangiliklar