Jurnalistlar o`rtasida o`tkazilgan so`rovnomaga ko`ra, “Nasaf” klubi bosh murabbiyi Ro`ziqul Berdiev “Yilning eng yaxshi murabbiyi” sovriniga munosib deb topildi. Bu haqda O`zbekiston futbol assosiasiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ro`ziqul Berdievdan tashqari, "So`g`diyona" bosh murabbiyi Ulug`bek Baqoev va "Olimpik" ustozi Timur Kapadze nomzodlari o`rin olishgan edi. Yakunda esa Berdiev munosib deb topildi.
"Nasaf" Berdiev qo`l ostida mavsumni 3-o`rinda tugatdi. Qolaversa, O`zbekiston kubogi sohibiga aylandi.