AsosiyJamiyat

Adliya vaziri yoshlar bilan ochiq muloqot o`tkazadi

'Adliya vaziri yoshlar bilan ochiq muloqot o`tkazadi'ning rasmi

2021 yil 27 dekabr kuni soat 14:00 adliya vaziri Ruslanbek Davletov va huquq sohasiga qiziqishi bo`lgan yoshlar o`rtasida uchrashuv tashkil qilinadi.

Uchrashuvda quyidagi mavzular bo`yicha muhokama bo`lib o`tadi:

➖ shaxsiy hayot tajribasi;

➖ yoshlarning qonunchilikda belgilab qo`yilgan huquq va imkoniyatlari;

➖ sohani rivojlantirish bo`yicha g`oyalar, fikrlar va takliflar.

Uchrashuvdan ko`zlangan maqsad huquq sohasiga qiziqishi bo`lgan yoshlarni norma ijodkorligi, huquqni qo`llash amaliyoti, huquqiy targ`ibot kabi vazirlik vakolatiga kiradigan funksiyalar bilan yaqindan tanishtirish, shuningdek huquqiy masalalarda savol, taklif va tashabbuslari mavjud bo`lgan yoshlarni eshitishdan iborat.

Huquq sohasiga qiziqishi bo`lgan talaba yoshlarni adliya vaziri bilan uchrashuvda taklif etamiz.

Muloqotda ishtirok etish uchun  ro`yxatdan o`tish kerak. Muddat 2021 yil 27 dekabr soat 9:00 ga qadar.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar