AsosiyJamiyat

Samarqandda "MAN" rusumli yuk avtomashinasi yonib ketdi (video)

'Samarqandda "MAN" rusumli yuk avtomashinasi yonib ketdi (video)'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Samarqand viloyati Jomboy tumanida "MAN" rusumli yuk avtomashinasi yonib ketganligi haqida videolar tarqaldi.

 

Yo`l harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasining️ ma`lum qilishicha, joriy yilning 26 dekabr kuni soat 04:00 larda, Samarqand shahar hududidan o`tuvchi M-39 avtomobil yo`lining  1079 kilometrida "Toshkent-Samarqand" yo`nalishi bo`ylab harakatlanib kelayotgan, "MAN" rusumli yuk avtomobilining yukxonasidagi muzlatgichda qisqa tutashuv sodir bo`lgan va uning ortidan yong`in yuzaga kelgan. Ushbu yong`in transport vositasining kabina qismiga ham ta`sir etgan.

Yong`in o`t o`chiruvchilar tomonidan bartaraf etilgan. Tan jarohati olgan fuqarolar yo`q.

️Ushbu holat yuzasidan Samarqand shahar IIO FMB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e`tiborli bo`lishlari so`ralmoqda.

    Boshqa yangiliklar