AsosiyJamiyat

Pedagoglarga attestasiyadan o`tganlik to`g`risidagi sertifikat elektron shaklda beriladi

'Pedagoglarga attestasiyadan o`tganlik to`g`risidagi sertifikat elektron shaklda beriladi'ning rasmi

Pedagoglarga attestasiyadan o`tganlik to`g`risidagi sertifikat elektron shaklda beriladiaktabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o`tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risidagi Hukumat qarori (572-son, 17.09.2021 y.) qabul qilindi. Bu haqda adliya vazirligi xabar berdi.

Qarorga ko`ra, 2022 yil 1 yanvardan:

➖ pedagog kadrlarni attestasiyadan o`tkazish bo`yicha vazirliklar va idoralar, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hamda ta`lim muassasalari miqyosidagi attestasiya komissiyalarini tuzish va yig`ma jild orqali hujjat topshirish amaliyoti bekor qilinadi;

➖ pedagog kadrlarni attestasiyadan o`tkazish ularning pedagogik mahorati va psixologik tayyorgarligini baholash hamda Ta`lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan o`quv fani bo`yicha malaka sinovini o`tkazish orqali amalga oshiriladi;

➖ pedagog kadrlarni attestasiyadan o`tkazish va ularga malaka toifasi (lavozim) berish bo`yicha hujjatlarni qabul qilish DXM yoki YaIDXP yoxud Ta`lim inspeksiyasi rasmiy veb-saytidagi maxsus portal orqali amalga oshiriladi;

➖ pedagog kadrlarga qog`oz shaklidagi attestasiyadan o`tganlik to`g`risidagi sertifikat berish amaliyoti bekor qilinib, elektron shakldagi sertifikat berish tartibi joriy etiladi;

➖ pedagog kadrlarga bungacha berilgan sertifikatlar o`z kuchida qoladi va amal qilish muddati tugagunga qadar sertifikatda ko`rsatilgan malaka toifasi (lavozimi) bo`yicha bazaviy tarif stavkalari asosida haq to`lashda hisobga olinadi.  

2022 yil 1 yanvargacha “pedkadr.tdi.uz” platformasi ishlab chiqiladi.  

Pensiya yoshiga to`lgan pedagog kadrlar navbatdagi attestasiyaga jalb etilmaydi, attestasiyadan o`tganlik muddati tugashidan qat`iy nazar ularning amaldagi malaka toifasi (lavozimi) saqlab qolinadi hamda mazkur malaka toifasi bo`yicha haq to`lanadi.

 Pensiya yoshiga to`lgan pedagog kadrlar o`z xohishiga ko`ra navbatdan tashqari attestasiyadan o`tib, malaka toifasi oshirilgan taqdirda, ularga yangi tasdiqlangan malaka toifasi bo`yicha haq to`lanadi.

Qaror bilan shuningdek, maktabgacha, umumiy o`rta, o`rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta`lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestasiyadan o`tkazish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar