AsosiyJamiyat

Navoiyda 4 egizak dunyoga keldi

'Navoiyda 4 egizak dunyoga keldi'ning rasmi

23 dekabr kuni Navoiy shahrida biryo`la 4 nafar egizak: 3 qiz va 1 o`g`il tug`ildi. Bu haqda "kun.uz" yozmoqda.

Ma`lum qilinishicha, chaqaloqlarning ota-onasi Shomurod Farmonov va Rahima Abdurahmonova Karmana tumanining Talqoq mahallasida istiqomat qilishadi. Ular 2020 yilda turmush qurishgan.

“Skrining tekshiruv paytida chaqaloqlar 4 nafar ekani ma`lum bo`lgandi. Ularning 2 nafari qiz va 1 nafari o`g`il ekanini o`shandayoq aniq aytishgandi shifokorlar. Albatta, quvonchimning cheki yo`q”, – deydi chaqaloqlarning otasi Shomurod Farmonov.

Ma`lum bo`lishicha, birinchi bola 1 570 gramm, ikkinchi bola 1 460 gramm, uchinchi bola 910 gramm, to`rtinchi bola esa 1 280 grammni tashkil etgan.

DXA Navoiy viloyati boshqarmasining tashabbusi bilan sayyor tartibda xizmat ko`rsatilib, chaqaloqlarning yaqinlariga tug`uruqxonaning o`zida tug`ilganlik guvohnomalari, bank xodimlari tomonidan suyunchi puli topshirilgan.

Ayni paytda ona ham, chaqaloqlar ham shifokorlar nazoratida.

    Boshqa yangiliklar