Ayni damda "Qamchiq" dovonida qor yog`moqda. Bu haqda xabar qilgan FVV matbuot xizmati haydovchilarga ogohlantirish bermoqda.
"Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo`l transport hodisalari bilan bog`liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko`rishlarini so`rab qoladi", - deyiladi FVV axborot xizmati xabarida.
Eslatib o`tamiz, ko`p qor yog`ayotgani munosabati bilan ayni paytda Taxtaqoracha dovonida harakat to`xtatilgan.






