Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, 2021 yilning yanvar-noyabr oylarida O`zbekiston 13 ta xorijiy davlatlardan qiymati 53,2 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 455,8 ming tonna kartoshka import qilgan.
Kartoshka importi o`tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 74,2 ming tonnaga oshgan.
2021 yilning o`tgan 11 oyida O`zbekiston eng ko`p kartoshka import qilgan davlatlar:
- Qozog`iston – 150 ming tonna
- Eron – 136 ming tonna
- Pokiston – 128 ming tonna
- Qirg`iz R. – 24 ming tonna
- Niderlandiya – 11 ming tonna
- Rossiya – 4,5 ming tonna
- Fransiya – 616 tonna






