AsosiyJamiyat

"Qizilqum" bosh murabbiyi tuman deputatligiga saylandi

'"Qizilqum" bosh murabbiyi tuman deputatligiga saylandi'ning rasmi

Navoiyning "Qizilqum" jamoasi bosh murabbiyi Hamidjon Aktamov tuman deputatligiga saylandi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 

Ma`lum qilinishicha, Xalq deputatlari tuman Kengashiga saylov o`tkazuvchi Karmana tuman saylov komissiyasining bo`shab qolgan o`ringa deputatlarni ro`yxatga olish to`g`risidagi qaroriga binoan «Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati-O`zbekiston Liberal demokratik partiyasi» a`zosi, Navoiy shahri «Qizilqum» PFK bosh murabbiyi Xamidjon G`ulomovich Aktamov 5 ta nomzod orasida 78,5% ovoz to`plab, Karmana tuman kengashiga deputat etib saylandi.

Boshqa yangiliklar