"O`zgidromet" xabariga ko`ra, bugun, 28 noyabr kunduz kuni O`zbekistonda havo o`zgarib turadi, yog`ingarchilik kutilmaydi. Ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-7° iliq bo`ladi. Yo`llarda yaxmalak kuzatiladi.
Ta`kidlanishicha, poytaxtda yog`ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushadi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 2-4° iliq bo`ladi.
Tog`li hududlarda hamyog`ingarchilik kutilmaydi. Biroq ba`zi joylarga tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° sovuq bo`ladi.






