AsosiyJamiyat

Namanganda jinoyat ishi bo`yicha zararni qoplash haqida soxta kvitansiya ko`rsatgan fuqaro aniqlandi

'Namanganda jinoyat ishi bo`yicha zararni qoplash haqida soxta kvitansiya ko`rsatgan fuqaro aniqlandi'ning rasmi

Namanganlik fuqaro o`ziga nisbatan qo`zg`atilgan jinoyat ishi bo`yicha zararni qoplash maqsadida ko`zda tutilgan 111,4 ming so`m to`lov amalga oshirilganligi haqida soxta kvitansiya taqdim qilganligi aniqlandi.

Bu Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Mingbuloq tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda ma`lum bo`ldi.

Qayd etilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan  jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar