Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlariga ko`ra, O`zbekiston 2021 yilning 11 oyida 13 ta xorijiy davlatlarga qiymati 4,4 mln. AQSh dollariga teng bo`lgan 4,4 ming tonna limon eksport qilgan.
Limon eksporti 2020 yilning mos davri bilan solishtirilganda 2,2 ming tonnaga kamaygan.
O`zbekiston eng ko`p limon eksport qilgan davlatlar:
🔷 Rossiya – 2,5 ming tonna
🔷Qozog`iston – 1,4 ming tonna
🔷 Qirg`iz R. – 445 tonna
🔷 Ukraina – 3 tonna
🔷 Afg`oniston – 2,2 tonna
Xorijga eng ko`p limon eksport qilgan hududlar:
🔸Toshkent viloyati – 1,3 ming tonna
🔸Farg`ona viloyati – 1,2 ming tonna
🔸Namangan viloyati – 272 tonna
🔸Buxoro viloyati – 210 tonna






