Polsha poytaxti Varshava shahrida shaxmatning rapid va blits yo`nalishlari bo`yicha FIDE jahon chempionati boshlangani haqida xabar bergandik.
Quvonarlisi, biroz avval yakuniga etgan 10-tur o`yinlari doirasida hamyurtimiz, 17 yoshli xalqaro grossmeyster Nodirbek Abdusattorov oq donalarda shaxmatning klassik yo`nalishida amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsenni mag`lub etdi.
Bu natija bilan hamyurtimiz musobaqada ham etakchilikni o`z qo`liga oldi. Endi Nodirbek hisobida 10 imkoniyatdan 8 ochko mavjud.
Eslatib o`tamiz, turnirda dunyoning 43ta davlatidan 130 nafar grossmeyster ishtirok etmoqda. Jami ishtirokchilar soni 150 nafardan ortadi.