Yanvar oyida «O`zbekiston tibbiyoti — inson qadri uchun» mavzusida Prezident bilan ochiq muloqot o`tkazish rejalashtirilmoqda, deya xabar bermoqda Sog`liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
Muloqotda tibbiyot xodimlarining faoliyati bilan bog`liq masalalar, tizimdagi muammolar va sohani yanada rivojlantirishga turtki beradigan taklif va tashabbuslar muhokama qilinadi.
Ochiq muloqotiga tayyorgarlik jarayoni ayni paytda shunday qizg`in pallaga kirgan. O`tgan qisqa davrda uning doirasida jami 4514 ta murojaat kelib tushgani so`zimizning tasdig`idir.
Yo`llanayotgan murojaatlar tibbiyotning deyarli barcha yo`nalishlarini qamrab olyapti. Jumladan,
1309 tasi sog`liqni saqlash tizimining birlamchi bo`g`iniga,
218 tasi ixtisoslashgan markazlar faoliyatiga,
188 tasi tez tibbiy yordam xizmatiga,
102 tasi oliy tibbiy ta`limga daxldor.
Hurmatli tibbiyot xodimlari!
Agar tibbiyot sohasiga oid g`oya va takliflaringiz bo`lsa:
1295 raqamli “Sall-markaz”;
telegramdagi @SSV_Call_centre_bot
feysbukdagi www.facebook.com/Insonqdriuchunssv
instagramdagi https://www.instagram.com/insonqadriuchunssv hamda
insonqadriuchunssv@mail.ru
elektron manzillariga yo`llang va mamlakatimiz tibbiyotini yangi sifat bosqichiga olib chiqishga o`z hissangizni qo`shing.