2021-yil 27-dekabr kuni videokonferensiya shaklida O`zbekiston Respublikasi adliya vaziri R. Davletov va Rossiya Federasiyasi adliya vaziri K. Chuychenko O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Rossiya Federasiyasi Adliya vazirligi o`rtasidagi 2022-yilga mo`ljallangan hamkorlik dasturini imzoladilar.
Hamkorlik dasturida qonunchilikni takomillashtirish, normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish, kelishish tartibini raqamlashtirish, qonun hujjatlarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan o`tkazish, tartibga solish siyosati (“tartibga solish gilyotinasi” mexanizmini amalga oshirishda), sud ekspertizasi va boshqa sohalarda tajriba almashish bo`yicha tadbirlar ko`zda tutilgan.
Hujjat ikki davlat adliya organlari o`rtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashni ta`minlashga qaratilgan.
Imzolash marosimi yakunida tomonlar hamkorlik dasturining samarali amalga oshirilishiga umid bildirdilar.
Ma`lumot uchun: hamkorlik dasturi O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Rossiya Federasiyasi Adliya vazirligi o`rtasida hamkorlik to`g`risidagi bitim (22.07.2004 y.) asosida imzolandi.