Buyuk Britaniya energetika sohasida inqirozga yuz tutishi mumkin.
The Telegraph agentligining OVO Energy kompaniyasi rahbari Stiven Fispatrikga tayanib xabar berishicha, mamlakatni 2008 yildagi moliyaviy inqiroz davridagi kabi inqiroz kutyapti.
«Biz energetika inqirozini engib o`tganimiz yo`q», - degan Stiven Fispatrik hozirgi vaziyatni Northern Rock bankining qulashi va bir yil keyingi Lehman Brothers kompaniyasi bilan bog`liq kollaps o`rtasidagi davrga qiyoslab rahbarlarini bankrotlikning oldini olish bo`yicha rejali ishlar amalga oshirish lozimligini ta`kidladi.