AsosiySport

Shaxmat. 12-turda durang o`ynagan Nodirbek Abdusattorov chempionlikka erishishiga bir qadam qoldi

'Shaxmat. 12-turda durang o`ynagan Nodirbek Abdusattorov chempionlikka erishishiga bir qadam qoldi'ning rasmi

Polsha poytaxti Varshava shahrida o`tkazilayotgan shaxmatning rapid va blis yo`nalishlari bo`yicha FIDE jahon chempionatida bugun rapid yo`nalishi g`olibi aniqlanadi.

Yakuniga etgan 12-turdan keyin Nodirbek Abdusattorov hamon peshqadam bo`lib turibdi. So`nggi turda hamyurtimiz hindistonlik Gukesh bilan durang o`ynadi. 19-yurishda Nodirbek qo`pol xatoga yo`l qo`ydi va keyinroq murakkab vaziyatga tushib qoldi. Hatto 23-yurishdagi xatodan keyin kompyuter dasturlari oqlarning 100%lik g`alabasini taxmin qilishayotgan edi. Ammo Nodirbek so`nggi pallada mag`lubiyatdan qutilib qoldi. Ha, shaxmat shunisi bilan qiziq.

12-turdan keyin hamyurtimiz 9 ochko to`plab turnirda qo`shhokimlik qilmoqda. Norvegiyalik Magnus Karlsen, AQSh vakili Fabiano Karuana hamda rossiyalik Yan Nepomnyashiylar ham xuddi shuncha ochkoga ega.

Boshqa yangiliklar