1

Alisher Fayz nega Parizodaga atab qo`shiq aytishini oshkor qildi

Shou-biznes 10.05.2016, 16:58
Teglar: Shou-biznes
Alisher Fayz nega Parizodaga atab qo`shiq aytishini oshkor qildi

Bu xonandaning har bir qo`shig`i orasidagi muddatni to`fondan oldingi tinchlikka o`xshataman. O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Alisher Fayzning may oyida taqdim etadigan konserti oldidan ham shu jarayon kuzatilmoqda. Bu tinchlikning zamirida nimalar yotganini bilish maqsadida jurnalist Sadoqat Allaberganova xonanda bilan konsert oldi suhbat uyushtirdi…

— Deyarli hech bir hamkasbingizning konsertini o`tkazib yubormaysiz. Bu konsert oldi tayyorgarlikning bir qismimi?

— Avvalo konsertni yarmidan chiqib ketishimga to`g`ri kelishini oldindan bilsam, uzr so`rab, o`sha hamkasbimning dasturiga bormayman. Konsert ko`rish davomida esa dasturim uchun o`ylab yurgan rejalarim qay daraja mos kelish-kelmasligini tahlil qilaman.

— Ustozingiz Ozodbek Nazarbekovning konsert repetisiyasida har kuni ishtirok etganingizni va yakkaxon dasturingiz borasida fikrlaringiz o`zgarganiga guvox bo`lgandim. Konsertingiz odatda tomoshabinni o`ynata, o`ylata, yig`lata olishi bilan farq qiladi. Nazarimda, konsertingiz “yuk”ini og`irlashtirmoqchisiz?

— Ustoz-shogirdni chinor bilan terakka o`xshatsa bo`ladi. “Terak bir kuni chinor bo`lishim kerak”, deydi-da (samimiy kuladi). Sho`x qo`shiqlar esa mening tabiatimga xos.

— Konsertingiz boshqalarnikiga o`xshab qolmasligi sizni tashvishga soladimi?

— Hamma xonanda konsertida Vatan, ona, sevgi, do`st haqida kuylaydi, bu — o`xshashlik. Lekin muhimi unga qanday yondashuv, qaysi yo`l bilan etkazishda.

— Konsertingizda doimiy hamkorlaringizni o`zgartirmaysiz. Bu sadoqatga nima sabab? Odatda ko`pchilik ijodkorlar turfa xillikka intiladi...

— Hamkasblarim bilan bellashishni yoqtirmayman va hamkorlarim ham bunday yo`l tutishini istamayman! Odam o`zi bilan o`zi bellashib, enga olgani maqsadga muvofiq. Bugungi holati kechagisidan ustun bo`lishiga intilsin. Shu jarayon qiziq va zavqli.

— Ko`pchilik xonandalar konsert oldi ketma-ket kliplar taqdim etib, omma e`tiborida bo`lishga urinishadi...

— Men uchun son emas, sifat muhim. Bir yilda o`nta qo`shiq yozib, klip ishlash o`rniga ikkita qo`shiq taqdim qilay va u yashasin.

— Aksariyat xonandalar konsert repertuarini vaqt “shamol”i tez sindiradigan ozg`in “terak”lar bilan to`ldirishadi. Tinmay qo`shiq taqdim qilishni istamaydigan Alisher Fayz bu jarayonda qanday yo`l tutadi?

— So`nggi vaqtlarda qo`shiqning qadri o`ylantiryapti. Chunki ijodkor har bitta qo`shiqning taqdiriga javobgar. Shunday ekan, konsertda kuylangan qo`shiq o`sha erda qolib ketishini istamayman.

— Raqqosa Parizoda bilan juda mos partnyorsiz. Lekin muxlisalaringiz sizni qizg`anishadi, rafiqangiz-chi?

— Oilada ijodimning bu jihatlarini yo`lga qo`yib olganman. Shaxsan o`zimga Parizodaning kliplarda qahramonining fe`lini to`laqonli etkazib bera olishi yoqadi. Muxlisalarning qizg`anishi zamiridagi ularning befarq emasligi yoqimli. Faqat ular emas, yaqinda bir taniqli raqqosa “Nega klip va konsertingizda Parizodani olib chiqaverasiz?” kabi e`tirozli fikrlar bildirdi. Uning kurakda turmaydigan hamma gaplarini aytolmayman... Ayol kishi bo`lgani uchun jahlimni tiyib turdim. Lekin javob qaytarolmaganimning alami yuragimni qiynadi. Va bu yilgi konsertimda Parizodaga atab bir emas, bir nechta qo`shiq kuyladim. O`sha raqqosani atay konsertga taklif qildim, lekin qaysi yuz bilan keladi bilmadim. Bu menimcha e`tirozga munosib javob bo`la oladi!

— Parizodaga atab har yili qo`shiq kuylashingizning boshqa sababi ham bormi?

— (Xandon otib kulib) buning sababini konsertimda qo`shiq orqali aytaman.

— Ustoz san`atkorlardan biriga muxlislarning tinimsiz xonandaga talpinishi haqida savol berilganida “Tomoshabindan charcharkansan-da” degandi, siz-chi?

— Hamma ham odam, charchashini to`g`ri tushunish kerak. Lekin men tomoshabindan charchaganim yo`q. Chunki hamma harakatlarim shu muxlislarning yuragini zabt etish uchun bo`lgan.

— 10 yildan keyin ham shu javobni berarmikansiz?

— Eng asosiysi, o`shanda ham shu javobni berishni istayman!

Sharhlar

Zoxirshoh Jo`raev Botir Qodirov uning akasi ekani haqidagi mish-mishlarga nuqta qo`ydi

06.11.2019, 12:06

Zoxirshoh Jo`raev "Milliy" telekanalining "Nishondasiz" ko`rsatuvida ishtirok etib, oilaviy mish-mishlarga nuqta qo`ydi...Ko`rsatuv davomida boshlovchi Zoxirshohdan Botir Qodirov Sherali Jo`raevning farzandi ekani haqidagi mish-mishlarga oydinlik kiritishini...
​SITORA ALIMJONOVA ShAXSIY HAYoTINI MUHOKAMA QILGANLARGA MINNATDORChILIK BILDIRDI

14.08.2017, 12:34

Aktrisa Sitora Alimjonova 8 avgust kuni turmushga chiqdi. Uning to`yi Tailandning Pxuket orolida bo`lib o`tdi.Sitora o`z intervyularida turmush o`rtog`ining 27 yoshda ekanligini va u tadbirkorlik...
​DILNOZA KUBAEVA: «DILOZORLIKDAN QO`RQAMAN, QALBIMNI SINDIRGANLAR KO`P...»

20.07.2017, 16:31

U irodali ayol. Tabassumi ortiga yashirilgan haqiqatlarni o`zgalarga bildirmaydi. Gohida ko`zlari yoshlanib, kipriklariga engil titroq kirishi mumkin, ammo shunda ham o`zida kuch topib, yana tabassum...
​“O`ZBEKKONSERT” ILK BOR OChIQ BADIIY KENGASh TAShKIL ETMOQDA

12.07.2017, 21:32

Endilikda xonandalar “O`zbekkonsert” davlat muassasasiga qo`shiqlarni jonli ijroda kuylash orqali taqdim etadilar. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasiga lisenziya olish tartibi yuzasidan turli savol va takliflar...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1