Hindistonning Goa shtatida portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu haykali paydo bo`ldi. Bu haqda zakon.kz xabar berdi.
Qayd etilishicha, Kalangut shahrida o`rnatilgan haykal ortida hukumatga nisbatan norozilik yuzaga kelgan. Mahalliy aholi bundan norozi bo`lgan.
Goaning fan va texnologiyalar vaziri Maykl Lobo Ronalduning o`rnatilgan haykaliga o`z munosabatini bildirgan.
"Futbolga muhabbat va yoshlarimiz iltimosiga ko`ra hamda ularni futbolni yanada yuqori cho`qqilarga ko`tarishga ilhomlashtirish uchun ham Krishtianu Ronaldu haykalini o`rnatdik".
Ma`lum qilinishicha, Goa shahri Portugaliyaning sobiq mustamlakasi bo`lgan va undan 60 yil avval mustaqil bo`lgan. Ronaldu esa portugaliyalik ekani tufayli uning haykaliga nisbatan norozilik kelib chiqdi.