“Islom davlati”(DAISh) terrorchilik guruhi Android tizimida ishlaydigan va bolalarga mo`ljallangan dasturni ishga tushirdi, deb xabar beradi “Lenta.ru”.
Mazkur dastur bolalarga arab tilini o`rganishga yordam beradi.
Dastur skrinshotlarida arabcha harflarning harbiy mavzudagi illyustrasiyalar bilan, xususan tank, raketa, miltiq, qilich, o`q va patronlar bilan ifodalanganini ko`rish mumkin. Foydalanuvchilar, shuningdek dasturda mavzuga mos musiqalarni ham tinglash mumkinligini ta`kidlagan.
Bundan avval g`arb ommaviy axborot vositalari ID tomonidan Android bazasida himoyalangan messenjer yaratilgani haqida ma`lum qilgan edi.





