2021 yil 25 dekabr` kuni, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1981 yilda tug`ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilib, shu yil 10 dekabr` kuni birga yashovchi, 1957 yilda tug`ilgan onasiga tegishli bo`lgan ATB “Agrobank” Yangiqo`rg`on tuman filiali tomonidan berilgan plastik kartasidan 7.575.000 so`m pul mablag`larini noma`lum shaxs tomonidan echib olinganligini ma`lum qilib, chora ko`rishni so`ragan.
Yangiqo`rg`on tuman IIB JQB tezkor vakili tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni, Yangiqo`rg`on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan fuqaro sodir etganligi aniqlangan.
Ushbu holat bo`yicha Yangiqo`rg`on tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021 yil 25 dekabr` kuni O`z.R JKning 169-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.






