AsosiyShou-biznes

Lolaning yangi surati muxlislar tanqidiga uchradi

Xonanda Lola ijtimoiy tarmoqlarda, xususan Instagram`da juda faol. U tez-tez mazkur ijtimoiy tarmoqqa suratlar joylab, o`zining kundalik turmush tarzi, ijodi bilan bog`liq yangiliklardan boxabar etib turadi. 

Yaqinda AQShda hordiq chiqarib qaytgan xonandaning bugun Instagram`ga joylagan surati aksariyat muxlislar tanqidiga uchradi. Gap shundaki, xonanda vanihoyat uyda ekanligini aytib, oyoq kiyimi suratini o`z sahifasiga joylashtirdi. Bu esa uning muxlislariga unchalik ma`qul kelmadi. 

“Oyoq kiyimni rasmini qo`yishdan maqsad nima, tushunmadim?”—deya e`tiroz bildirdi xonandaning muxlislari.

Ulardan biri “Shu ketishda bo`lsa hali nimalar qo`yarkan bular, tasavvur qilyapman”,deya izoh qoldirdi. 

Har doimgidek, xonandaning tarafini oladiganlar ham topildi: 

“Albatta,bir narsadan foyda bo`lish kerakmi... Bu uyga keldim degani”, dedi muxlislardan biri. 

Bundan avval xonanda muxlislaridan Moskvada konsert berishini istovchilar bo`lsa, uni qo`llab-quvvatlab, suratga “layk” bosishini so`ragan edi. 

Eslatib o`tamiz, Lola 30 aprel kuni AQShning Nyu-York shtatida jonli ijrodagi konsert dasturini taqdim etgan edi. Uning ishoralaridan xonanda endilikda Rossiyada konsert berishni rejalashtirayotganini payqash mumkin.

Boshqa yangiliklar