O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Qozog`istondagi voqealar yuzasidan quyidagicha bayonot berdi.
"Birodar Qozog`istonda kechayotgan voqealar O`zbekiston tomonidan xavotir bilan qabul qilinib, ushbu mamlakatdagi vaziyat rivoji diqqat bilan kuzatib borilmoqda.
Donishmand Qozog`iston xalqi mamlakatda nobarqarorlik keskinlashuvining oldini olish, zo`ravonlik va insonlar orasida qurbonlar yuzaga kelishining yo`l qo`ymaslikning uddasidan chiqishiga ishonchimiz komil.
Qozog`istonliklar o`zaro birlikni saqlab qolish, mamlakatda tinchlik va osoyishtalikni tiklash hamda yuzaga kelgan muammolarni mustaqil hal qilish uchun etarli qat`iyat va irodaga egaligiga ishonamiz.
O`zbekiston Qozog`iston xalqi va rahbariyatining mamlakat barqarorligi va taraqqiyotini, millat farovonligini ta`minlash yo`ladiga intilishlarini doimo qo`llab-quvvatlashini yana bir bor ta`kidlaydi", - deyiladi TIV bayonotida.