Hindistonning Sog`liqni saqlash vazirligi xabariga ko`ra, 5 yanvar kuni mamlakatda koronavirusning “Omicron” shatmmi bilan bog`liq birinchi o`lim holati qayd etilgan.
Qayd etilishicha, vafot etgan bemor 74 yoshli erkak kishi bo`lgan. U qandli diabet va ikkilamchi kasalliklardan aziyat chekkan. U Udaypur kasalxonasiga 15 dekabr kuni yotqizilgan.
Ma`lumotlarga ko`ra, oxirgi sutkada koronavirusdan 325 kishi vafot etgan bo`lib, shulardan atigi bittasi “Omicron” bilan bog`liq.
Hindistonda pandemiya boshlanganidan buyon 35 milliondan ortiq COVID-19 bilan kasallangan bo`lib, 482 000 ga yaqin o`lim holatlari qayd etilgan.