"O`zgidromet"xabariga ko`ra, bugun kunduz kuni O`zbekiston bo`yicha yog`ingarchilik kutilmaydi, faqat Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida ertalab ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Farg`ona vodiysi viloyatlarida kun davomida biroz yomg`ir yog`ishi kutilmoqda. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin. Havo 5-10° iliqgacha isiydi, shimolda 0-5° iliq bo`ladi.
Poytaxtda esa ertalab biroz yomg`ir yog`ishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 7-9° iliq bo`ladi.
Shuningdek, tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 0-5° iliq bo`ladi.






