Bu yilning yanvar oyi nisbatan iliq, ammo yomg`irli ob-havo bilan boshlandi. Respublika hududi bo`yicha deyarli har kuni yomg`ir, tog`larda asosan qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik kuzatilgan. O`zbekiston Gidrometeorologiya xizmati joriy oy davomida kuzatiladigan ob-havo ma`lumotini taqdim etdi.
Qayd etilishicha, bugun, 7 yanvarda respublika hududining katta qismida yog`ingarchilik to`xtadi. Faqat Toshkent, Surxondaryo viloyatlarida ertalab, Farg`ona vodiysida kun davomida ba`zi joylarda biroz yomg`ir yog`adi. Respublikaning tog`li hududlarida biroz qor yog`adi.
8-14 yanvarda respublika hududi bo`yicha asosan yog`ingarchiliksiz ob-havo bo`lishi kutilmoqda.
9-12 yanvarda havo harorati kechalari 2° sovuq-3° iliq, kunduz kunlari 3-8° iliq, ba`zi joylarda 10-12° iliqqacha, 13-14 yanvarda kechalari 0-5° iliq, kunduz kunlari 8-13° iliq atrofida bo`ladi.
Yanvar oyining ikkinchi yarmida harorat kechalari 0-5° iliqdan 3-8° sovuqqacha, kunduz kunlari 8-13daraja iliqdan 0-5daraja iliqqacha, shimolda kechalari 0-5° sovuqdan 10-15° sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8° iliqdan 0-5° sovuqqacha o`zgarib turishi kutilmoqda.
Ikkinchi o`n kunlikning boshida va uchinchi o`n kunlikning ayrim kunlarida yomg`ir va qor ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda.