AsosiyJamiyat

Shahrisabzda "Zagranpasport"lar davlat xizmatlari markazlari orqali berilmoqda

'Shahrisabzda "Zagranpasport"lar davlat xizmatlari markazlari orqali berilmoqda'ning rasmi

2022-yil 1-yanvardan boshlab, O`zbekiston fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish muqobil ravishda (ichki ishlar bo`limlari bilan bir vaqtda) Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshirilmoqda.Bunda, xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to`lov miqdori BHMning 1 baravarini (avval 1,2 baravari bo`lgan) tashkil etadi. Aynan ushbu xizmat Shahrisabz shahrida  yo`lga qo`yilganligi fuqarolarning uzog`ini yaqin, mushkulini oson qildi.

- Ota- onam xorijda yashashadi ularni ko`rib kelish uchun har doim shu hujjat masalasini o`ylab qolar edim. Xorijga chiqish pasporti uchun ancha tirbandlik va navbat kutishlar cho`zilib ketar edi. U erdagi tirbandlikdan fuqarolar ancha vaqt yo`qotishardi. Endi esa vaqtimiz tejaladigan bo`ldi.Endi hujjatlarni Shahrisabzdagi davlat xizmatlari markazi ham beryapdi degan xabarni eshitib chopqillab kelaverdim, -  deydi: Miraki MFY da istiqomat qiluvchi, Nargiza Islomova. - Yana bir qulaylik, pasport olish uchun to`lov miqdori 324 ming so`mdan 270 ming so`mga tushirildi.

 

Ma`lumot o`rnida :   2022 yil 1 yanvardan bir qator davlat xizmatlarini ko`rsatilishi uchun undiriladigan to`lovlar kamaytirildi va ayrimlari uchun to`lov bekor bo`ldi.

Jumladan,  Tadbirkorlik subektlariga davlat ro`yxatidan o`tkazilganligi to`g`risida yangi namunadagi guvohnoma berish avval Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari bo`lsa, endilikda BHMning 20%miqdorida etib belgilandi.

Shuningdek, xususiy bandlik agentliklari reestriga kiritish uchun to`lov avval BHMning 1 baravari bo`lsa, endilikda BEPUL etib belgilandi.

Advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hay`atlarini davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun to`lov avval BHMning 2 baravari miqdorida bo`lgan bo`lsa, endilikda BHMning 1 baravari etib belgilandi.

Maqsad — aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo`llab-quvvatlash bo`yicha ishlarni jadallashtirish, davlat xizmatlari sifatli ko`rsatilishini ta`minlash.

    Boshqa yangiliklar