Amerika Forbes jurnali navbatdagi eng qimmat brendlar ro`yxatini e`lon qildi. Apple oltinchi marotaba reytingda etakchilik qildi, undan keyingi o`rinlar Google, Microsoft, Coca-Cola va Facebook brendlariga nasib qildi, deb xabar qildi “Vestifinance.ru” nashri.
Forbes eng qimmat bredlar ro`yxatini e`lon qilayotganda kompaniyalarning oxirgi uch yil mobaynidagi daromadini, brendning turli sohalarga ta`sir koeffisentini hisobga olgan.
Apple brendining qiymati bir yilda 6% ga oshgan va Forbes ning hisob-kitobiga ko`ra 2016 yilda 154,1 milliard dollarni tashkil qilgan. Kompaniya yiliga reklama uchun 1,8 milliard dollar sarflaydi.
Google brendining qiymati Apple brendining qiymatidan 87% pastligi aniqlanib, 82,5 milliard dollarni tashkil etgan. Bu miqdor bir yil davomida 26 %ga o`sgan. Google ning reklamaga sarflaydigan yillik xarajati 3,2 milliard dollarni tashkil qiladi. To`rtinchi o`rinni egallagan Microsoft kompaniyasining moliyaviy ko`rsatkichi 75,2 milliard dollarni tashkil qilib, 2015 yilga qaraganda 9 % ga oshgan. Kompaniyaning yillik reklama xarajati 1,9 milliard dollarni tashkil qiladi.
Coca-Cola kompaniyasi ro`yxatdagi beshlikka kirgan ilk notexnologik kompaniyalardan biri hisoblanadi. Brendning qiymati 58,5 milliard dollar deb baholangan, kompaniya reklama uchun yiliga 4 milliard dollar sarflaydi.
Facebook ijtimoiy tarmog`ining brendi bir yil mobaynida 44 % ga oshib, 52,6 milliard dollarga etdi. Kompaniya yiliga reklama uchun 281 million dollar sarflaydi. Ikki yildan beri kompaniya eng tez rivojlanib, o`sib borayotgan brendlar qatoriga kiritib kelinmoqda. 2016 yilda Facebook ning savdo markasi 44 % ga qimmatlashdi.
Forbes ning o`ntaliklar reytingiga Yaponiyaning Toyota (brend qiymati — $42,1 mlrd) va Amerikaning IBM ($41,4 mlrd), Disney ($39,5 mlrd), McDonald’s ($39,1 mlrd) va GE ($36,7 mlrd) brendlari ham kiritilgan.
Dunyoning eng qimmat 25 brendi ro`yxatiga Koreyaning Samsung kompaniyasi (brend qiymati — $36,1 mlrd), AQSh ning 10 ta kompaniyasi: Amazon ($35,2 mlrd), AT&T ($32,6 mlrd), Cisco ($28,4 mlrd), Oracle ($28 mlrd), Intel ($27,7 mlrd), Nike ($27,5 mlrd), Verizon ($25,8 mlrd), Wal-Mart ($25,4 mlrd), American Express ($24,3 mlrd) va Budweiser ($23,4 mlrd) lar kiritilgan.
Germaniyaning ikki avtomobil ishlab chiqaruvchi: BMW ($28,8 mlrd) va Mercedes-Benz ($26 mlrd), Fransiyaning Louis Vuitton (Christian Dior), ( $27,3 mlrd) va Yaponiyaning Honda ($25,2 mlrd) kompaniyalari kiritilgan.