AsosiyJamiyat

Fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ayrim davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamentlari tasdiqlandi

'Fuqarolikni rasmiylashtirish sohasida ayrim davlat xizmatlari ko`rsatishning ma`muriy reglamentlari tasdiqlandi'ning rasmi

Hukumat tegishli qarori  ko`ra, quyidagi xizmatlar Migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo`linmalari (vakolatli organ) va davlat xizmatlari markazlari bilan bir qatorda onlayn tarzda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali amalga oshiriladi:

O`zbekiston fuqarosi, O`zbekistonda doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo`lmagan shaxslar tomonidan identifikasiyalovchi ID-kartasini olish uchun murojaat qilish bo`yicha davlat xizmati;

O`zbekistonda doimiy yashovchi fuqaroligi bo`lmagan shaxslar va O`zbekiston fuqarolari tomonidan fuqarolikka qabul qilish yoki fuqarolikdan chiqish uchun vakolatli davlat organiga murojaat qilish bo`yicha davlat xizmati ko`rsatish.

Shunga ko`ra, murojaat etuvchi ID-karta olish uchun elektron so`rovnoma to`ldiradi.

Vakolatli organ so`rovnomaga kiritilgan ma`lumotlarning haqqoniyligini tekshirib, ular to`g`ri bo`lgan taqdirda murojaat etuvchiga tegishli xabarnoma yuboradi.

Fuqaro 3 ish kuni ichida belgilangan miqdorda davlat boji to`laydi.

 To`lov amalga oshirilib, ID-kartani olish yuzasidan tegishli xabarnomani olgach, 3 ish kuni ichida tegishli hujjatlarni vakolatli organga shaxsan kelib taqdim etadi.

 Vakolatli organ tomonidan talabnoma shakllantirilgandan so`ng murojaat etuvchiga 1 ish kunida ID-karta rasmiylashtiriladi va taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar