2022 yil 4 yanvar kuni viloyat IIV JQBB va viloyat IIB JQB hamda Uychi tuman IIB JQB tezkor vakillari tomonidan o`tkazilgan tadbir davomida, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1991 yilda tug`ilgan M.I. Uychi tumanida tadbir ishtirokchisiga 7.000 AQSh dollari evaziga uch bo`lakka bo`lingan, oq rangli sellofan paketga o`ralgan, to`q jigarrang rangli, o`tkir hidli, yopishqoq holatdagi giyohvand moddasiga o`xshash moddani sotgan vaqtida, ushlangan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, ushbu giyohvand moddasiga o`xshagan moddani tanishlari, Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan L.X. va Uchqo`rg`on tumanida yashovchi, 1997 yilda tug`ilgan N.T.lardan shu kuni 5.000 AQSh dollariga sotib olganligi aniqlangan.
Namangan viloyati IIB EKBning xulosasiga ko`ra, ushbu moddalarning sof og`irligi 609.76 gramm bo`lgan “Gashish” giyohvandlik moddasi ekanligi ko`rsatilgan.
Ushbu holat bo`yicha Uychi tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2022 yil 5 yanvar kuni L.X. va N.T.larga nisbatan O`z.R JKning 273-moddasi 5-qismi hamda M.I.ga nisbatan O`z.R JKning 25,273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, O`z.R JPKning 221-moddasi tartibida ushlangan.